13:48 / 11.12.2024
98

Moskvada milliarder “bomj” ushlandi...

Moskvada milliarder “bomj” ushlandi...
Foto: Telegram
Moskvada politsiya xodimlari “Tepliy stan” metro stansiyasida uysiz erkakni ushladi. Hujjatlar tekshirilganda u “Yevrazbank”ning sobiq vitse-prezidenti va “Sol Rus” ochiq aksiyadorlik jamiyati direktorlar kengashining sobiq raisi Vyacheslav Chikalin ekani aniqlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

53 yoshli erkak firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Chikalinning o‘zi o‘zini “bomj” deb atagan va hozirda urush zonasida xizmat qilayotgani, Moskvada esa ikki haftalik ta’tilni o‘tkazayotganini ma’lum qilgan.

Uning ma’lumotlari yuzni aniqlash bazasida mavjudligi erkakning shaxsini aniqlashda yordam bergan. Tergovchilar erkak bilan ishlashni yakunlaganidan so‘ng, u, ehtimol, yana “maxsus harbiy operatsiya” hududiga qaytariladi, deyiladi xabarda.

2021 yil mart oyida tadbirkorga “Transport” bankidan mablag‘ o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 7 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

2013 yildan 2015 yilgacha Chikalin va yana olti nafar ayblanuvchi qaytarilmasligi oldindan ma’lum bo‘lgan kreditlarni rasmiylashtirish orqali bankdan deyarli 22 milliard rubl miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada milliarder “bomj” ushlandi...