Foto: The Insider
Aleksey Navalniyning koloniyada advokatlar Olga Mixaylova, Vadim Kobzev va Aleksey Lipser bilan uchrashuvlari, advokatlik siriga qaramay, yashirin kameralar yordamida videoga olingan. Navalniy jamoasi bu haqda 10 dekabr, seshanba kuni ma’lum qildi.
«Men hozir ko‘rsatayotgan bu videolar umuman bo‘lmasligi kerak edi. Himoya ostidagining advokat bilan uchrashuvi - advokatlik siri. Qonun bo‘yicha hech kim ularda nima muhokama qilinganini bilmasligi kerak», — dedi Yuliya Navalnaya.
«Ammo Aleksey Navalniy uchun (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin o‘z qonunlarini o‘ylab topdi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Siyosatchining bevasi so‘zlariga ko‘ra, u qo‘lga olingan paytdan boshlab va «qamoqdagi har daqiqa, har soniya» videoga olingan.
«Biz aniq bilamizki, Aleksey Navalniyning o‘ldirilishi lahzasi ham bir nechta kameralarda tasvirga olingan», — dedi Navalnaya va ushbu video uchun jamoa 10 million rubl to‘lashini qo‘shimcha qildi.
Jahon OAV Navalniyning xotiralaridan parchalarni chop etdi
Bir qator jahon ommaviy axborot vositalari 12 oktyabr kuni Rossiya koloniyasida vafot etgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning xotiralaridan parchalarni chop etdi. «Patriot» kitobining bir nechta bo‘limlari Amerikaning The New Yorker, Germaniyaning Der Spiegel jurnalida, Fransiyaning El Pais va Britaniyaning The Times gazetalarida qayta nashr etilgan.
Kitobga kiritilgan Navalniyning kundaliklaridan parchalar 2021 yil 21 yanvarda — siyosatchi "Novichok" bilan zaharlanishdan omon qolgani, Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelgani va "Sheremetevo" aeroportida chegara nazoratida qo‘lga olinganidan keyin psixologga tashrifidan boshlanadi.
Yozuvlar siyosatchi allaqachon Vladimir oblasti Pokrov shahridagi umumiy rejimli koloniyaga yuborilgan o‘sha yilning aprelini qamrab oladi. Unda Navalniy uni davolashdan bosh tortishganidan shikoyat etgan va shuning uchun 31 mart kuni ochlik e’lon qilgan. Navalniy bir necha hafta ochlik e’lon qilganini tasvirlar ekan, koloniya xodimlari qanday qilib cho‘ntagiga konfet solib qo‘ygani, hamma joyda unga ergashgan «ayg‘oqchilar» va uni ovqat hidi bilan «aldashga» urinishlar haqida gapirgan.
«Bugun men tushkunlikka tushdim. Hammomga bordik. Issiq dushga zo‘rg‘a chidadim. Oyoqlarim bo‘shashib ketayotgandi. Kechqurun - umuman kuchim yo‘q. Men faqat yotishni xohlayapman. Hissiy va ruhiy tushkunlikni his qilyapman», — degan Navalniy ochlik e’lon qilganining ikkinchi haftasini tasvirlab.
20 aprel kuni Navalniy mustaqil ekspertizadan o‘tkazilgan va 23 aprel kuni ochlikni to‘xtatayotganini ma’lum qilgan. «Men so‘zsiz ishonadigan shifokorlar kecha bayonot bilan chiqdilar, biz ochlikni to‘xtatishim uchun yetarli narsaga erishdik, deb o‘ylayman», — deb yozgan Navalniy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Mayk Tayson: “Yig‘ladim va qasos olishga va’da berdim”
"Metallurg" 2025 yil Superligada o‘ynaydi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
Germaniyada suriyaliklar Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganini ommaviy ravishda nishonladi
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi