18:18 / 11.12.2024
13

Netanyaxu Suriyaga bostirib kirish bilan tahdid qildi

Netanyaxu Suriyaga bostirib kirish bilan tahdid qildi
Foto: Videodan kadr
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shakllanayotgan Suriya hukumatiga yo‘llagan maktubida munosabatlarni yaxshilash istagini bildirdi. Biroq u Isroilga xavf tug‘dirgan taqdirda Suriyaga hujum qilinishidan ogohlantirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

"Agar bu rejim Eronga Suriyada o‘z mavqeyini tiklashiga yo‘l qo‘ysa yoki Eron qurolini yoxud boshqa qurollarni “Hizbulloh”ga yetkazishga ruxsat bersa yoki bizga hujum qilsa, qat’iy javob qaytaramiz va og‘ir tovon to‘lashga majbur qilamiz. Avvalgi rejim boshiga tushgan ko‘rgiliklar bu rejimni ham kutadi", dedi Netanyaxu.

U Isroil Suriyaning ichki ishlariga aralashishdan manfaatdor emasligini, ammo xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ta’kidladi.

Suriyadagi so‘nggi voqealar

Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Ular 8 dekabrga o‘tar kechasi Damashqqa kirdi. Prezident Asad ag‘darilganini e’lon qilishdi.

Suriya prezidenti oilasi bilan Rossiyada boshpana topdi. Isyonchilar uning boshi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgan. Asad Suriyani tark etganidan keyin isyonchilar uning qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Suriyaga bostirib kirish bilan tahdid qildi