Kollaj: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp amaldagi rahbar Jo Baydenni soliq to‘lovchilarining Ukrainaga yo‘naltirilgan mablag‘larini o‘zlashtirishda aybladi.
Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida amaldagi prezidentning “Baydenomika” deb nomlangan iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasvirlovchi rasmni e’lon qildi.
Respublikachiga ko‘ra, “Baydenomika” quyidagicha ishlaydi: amerikaliklar soliq to‘laydi, Bayden ularni Ukrainaga jo‘natadi; ukrainlar bu mablag‘larni Hanter Baydenga beradi, u esa pulni otasiga qaytaradi, shundan so‘ng o‘g‘lini afv etadi.
Hanter Bayden 2014 yil aprel oyida Ukrainaning Burisma gaz kompaniyasi direktorlar kengashiga a’zo bo‘ldi. Bayden o‘sha paytda AQSH vitse-prezidenti edi. Tez orada Amerika ommaviy axborot vositalari kichik Bayden otasi yordamida Burisma manfaatlarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgani, buning uchun katta miqdorda pul olishi mumkinligi haqida yozdi.
Ayrim respublikachilarga ko‘ra, ularning bir qismini u otasiga topshirgan bo‘lishi mumkin. Buni tasdiqlovchi dalillar mavjud emas.
Hanterning afv etilishi
Bayden lavozimini tark etishi oldidan qurol-yarog‘ savdosi va soliq qonunbuzarliklari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun hukm qilingan o‘g‘li Hanter Baydenni afv etdi.
"Men o‘g‘lim Hanterni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim. Lavozimni egallaganimdan beri Adliya vazirligining qarorlariga aralashmasligimni aytgan edim va o‘g‘limning adolatsiz ravishda sud tartibida ta’qib qilinayotganini kuzatganimda ham so‘zimda turdim", deyiladi Bayden bayonotida.
Prezident o‘g‘lining ta’qib qilinishi aynan ularning qarindoshlik aloqalari va siyosiy raqiblar bosimi bilan bog‘liqligini aytdi. Uning fikricha, sud jarayoni qo‘pol siyosat ta’siriga uchragan va shu sababli sud xatosiga yo‘l qo‘yilgan.
"Umid qilamanki, amerikaliklar ota va prezident sifatida bunday qarorga kelganimning sababini tushunishadi", degan Jo Bayden.
Tramp buni “mansab vakolatini suiiste’mol qilish” va “adolatni poymol etish” deb atagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya Ukrainaning Donbassdagi muhim bo‘lgan qal’asini o‘rab olmoqda
Qarzing bo‘lmasin!
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
"Metallurg" 2025 yil Superligada o‘ynaydi
Mayk Tayson: “Yig‘ladim va qasos olishga va’da berdim”
Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga qochib kelgani ma’lum bo‘ldi