20:22 / 11.12.2024
28

Bashar Asadni Suriyadan qochishiga kim yordam bergani ma’lum bo‘ldi...

Bashar Asadni Suriyadan qochishiga kim yordam bergani ma’lum bo‘ldi...
Bloomberg agentligi ismi oshkor etilmagan bir qancha manbalarga asoslanib Suriya prezidentiga qochishda kim yordam berganini aytdi.

Aksilhukumat jangarilari Damashqqa yaqinlashar ekan, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga «zudlik bilan» ketishga rozi bo‘lsa, «xavfsiz evakuatsiya» qilishni taklif qilganini xabar qildi.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Rossiya razvedkasi unga Suriyani tark etishga yordam bergan.

Bloomberg agentligining ikki manbasi Bashar Asad Suriyadagi Rossiya havo bazasi orqali olib chiqilganini da’vo qilmoqda. Materialda aytilishicha, u bortda bo‘lgan samolyotning transponderi kuzatuvdan qochish uchun o‘chirilgan. Agentlikning uch nafar anonim suhbatdoshiga ko‘ra, Rossiya sobiq prezidentni «qurolli guruhlarga qarshi kurashda yutqazishiga» ishontirgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova brifingda Rossiyaning Bashar Asadni evakuatsiya qilishdagi yordami haqidagi savolga o‘ta rasmiy javob qaytargan va tafsilotlarni ochiqlamadi.

8 dekabr kuni Suriyada keng ko‘lamli hujum boshlagan guruhlar koalitsiyasi hokimiyatni qo‘lga kiritgani va Bashar al-Assad qochib ketganini e’lon qildi. Aytilishicha, u Damashqdan havoga ko‘tarilgan va bortida bo‘lgan deb taxmin qilingan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Bir muncha vaqt o‘tgach, Rossiya TIV Suriyani 2000 yildan buyon boshqarib kelgan Bashar Asad hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib, prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qilgani va mamlakatni tark etgani haqida xabar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asadni Suriyadan qochishiga kim yordam bergani ma’lum bo‘ldi...