Foto: Tengrinews
Qozog‘iston parlamenti qonunchilikka kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi tuzatishlar tayyorlamoqda. Bu haqda parlament spikeri Erlan Koshanovga tayanib Tengrinews xabar berdi.
Nashrning yozishicha, prezidentning Atirauda bo‘lib o‘tgan Milliy qurultoy yig‘ilishida bergan topshirig‘ini bajarish maqsadida deputatlar qonunchilikka kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha tuzatishlar tayyorlamoqda.
15 mart kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Milliy qurultoy yig‘ilishida Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlash holatlari haqida gapirgan edi.
«Mamlakatimizda go‘yoki milliy urf-odatlarni bahona qilib, kelin o‘g‘irlash amaliyotini tatbiq etishga urinayotganlar ham borki, bunday xurofotni umuman oqlab bo‘lmaydi. Bu progressiv jamiyat ideallariga, jumladan, har bir insonning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari mutlaq ustun turadigan jamiyatga zid keladi. Bunday faktlar nafaqat ma’naviy qoralashni, balki huquqiy baho berishni ham talab qiladi», degan edi prezident.
Shu yilning fevral oyida Qozog‘istondagi Inson huquqlari bo‘yicha komissari Artur Lastayev Chimkentda shov-shuvli tarzda kelin o‘g‘irlanishi haqida bayonot berib, majburan turmushga chiqqan qizlar ko‘pincha sheriklari tomonidan jinsiy, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi