AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoy prezidenti Si Szinpinni kelasi oy inauguratsiya marosimida ishtirok etishga taklif qildi.
Bu haqda CBS News telekanali xabar berdi va qo‘shimcha qilinishicha, marosimda ko‘plab oliy toifali shaxslarning ishtiroki kutilyapti.
Tramp noyabr oyining boshida, saylovdan ko‘p o‘tmay, Si Szipinni taklif qilgan, deydi manba. Biroq u taklifni qabul qilgani yoki yo‘qligi aniq emas. Vashingtondagi Xitoy elchixonasi matbuot kotibi ham hozircha bunga izoh bermadi.
Sidan tashqari, saylangan prezidentning jamoasi 20 yanvar kuni Kapitoliyda boshqa yetakchilarni ham qabul qilishni rejalashtirmoqda.
«Dunyo yetakchilari prezident Tramp bilan uchrashish uchun navbatga turishmoqda. Chunki u tez orada hokimiyatga qaytib, dunyo bo‘ylab Amerika kuchi bilan tinchlikni tiklashini bilishadi», – dedi Trampning o‘tish davri matbuot kotibi Karolin Leavitt. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Moldova Roman Abramovichni saylovlarga aralashishda aybladi
Tadqiqot: O‘zbekistonda aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, minnatdorlik deb biladi
Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytiriladi
AQSH “Oreshnik” bilan yangi zarba berilishi haqida Ukrainani ogohlantirdi