15:32 / 12.12.2024
6

Turkiya 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-o‘yinlarni taqiqlamoqchi

Turkiya 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-o‘yinlarni taqiqlamoqchi
Foto: FOR.kg
Turkiyada 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-o‘yinlar taqiqlanishi mumkin.

Kecha, 11 dekabr kuni mamlakat transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir O‘rolo‘g‘lu parlamentdagi chiqishida shunday bayonot berdi.

O‘rolo‘g‘luning ta’kidlashicha, zo‘ravonlik va bolalarga shafqatsizlarcha munosabat targ‘ib qilinayotgan, adovat qo‘zg‘ovchi va boshqa salbiy kontentlar ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-o‘yinlarni 16 yoshgacha bolalar uchun man etish masalasini ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Buning uchun tegishli qonunlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilishi zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-o‘yinlarni taqiqlamoqchi