Foto: AP
Bir kun avval Suriya muxolifati Damashq va uning atrofida «poytaxtning markaziy mahallalarida ommaviy talon-toroj qilishni to‘xtatish» maqsadida joriy qilgan komendantlik soati bekor qilindi.
Damashqda hayot asta-sekin normal holatga qaytmoqda, ba’zi do‘konlar va bozorlar qayta ochilmoqda. Banklar va davlat idoralari xodimlari ishga qaytishdi.
Suriya muvaqqat bosh vaziri Muhammad al-Bashir minglab fuqarolar urushidan qochgan xorijdagi suriyaliklarni vatanlariga qaytishga chaqirdi.
Biroq Xalqaro Qutqaruv Qo‘mitasi (IRC) mamlakat ichidagi vaziyat hanuz og‘irligicha qolayotgani haqida ogohlantirmoqda.
Ammo bir necha Yevropa davlatlari suriyaliklarga boshpana berishga doir so‘rovlarni to‘xtatishga shoshilmoqda. Bunga munosabat bildirar ekan, IRC matbuot kotibi Marta Velander «Suriyadagi yangi voqelik odamlarga o‘z hayotlarini tiklashga imkon beradimi yoki bundan ham jiddiy inqiroz oldindami, buni ko‘rish kerak»ligini aytadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada suriyaliklar Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganini ommaviy ravishda nishonladi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi