
Xonanda va aktrisa Selena Gomes o‘zining prodyuseri Benni Blankoga turmushga chiqmoqda. Bu haqda yulduz o‘zining Instagram'dagi sahifasida e’lon qildi va unashtiruv uzugi taqdim etilgan suratlarni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Ijtimoiy tarmoqdagi postga Gomes “Abadiylik hozirdan boshlanadi” deya izoh qoldirdi.

Foto: Instagram
Aslida Selena Gomesning unashtirilgani haqidagi mish-mishlar anchadan beri xorijiy OAVlarda uchrab turar edi, chunki muxlislar aktrisaning nomsiz barmog‘idagi katta brilliant uzukni avvalroq payqagan va paparatssilarning suratlari turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Foto: Getty Images
Selena o‘zining hamkasbi, musiqiy prodyuser Benni Blanko bilan tanishganiga o‘n yildan oshgan. Blanko xonandaning eng xit qo‘shiqlariga prodyuserlik qilgan. Jumladan, ular birgalikda 2015 yilda “Same Old Love”, 2021 yilda “I Can't Get Enough” kabi mashhur taronalar ustida ishlagan.

Foto: The Hollywood Reporter
O‘tgan yilning oxirida juftlik uchrashayotganini rasman ma’lum qilgan edi. Xonanda qallig‘i bilan tushgan suratlarini Instagram'da tez-tez joylashtirib turadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar