Foto: REUTERS/Aly Song
Bir necha yillar davomida Xitoy G‘arb kompaniyalari uchun ulkan imkoniyatlar mamlakati edi – katta bozor, arzon ishchi kuchi va o‘suvchi iqtisodiyot. Lekin bu davr ortda qolgan bo‘lishi mumkin. The Economist'ning yozishicha, iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi, mahalliy raqobatchilarning kuchayishi va geosiyosiy keskinlik G‘arb brendlari uchun Xitoyning jozibasini pasaytirmoqda.
Xitoy iqtisodiyotidagi stagnatsiya – asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Uy-joy bozoridagi inqiroz iste’molchilarning xarajat qilishni kamaytirishiga olib keldi. Hukumat iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda, lekin bu sa’y-harakatlar hozircha samarasiz ko‘rinyapti.
Ushbu fonda General Motors kabi bir nechta yirik kompaniyalar Xitoydagi zavodlarini yopishini e’lon qildi. Ayni paytda, mahalliy kompaniyalar xalqaro brendlarga jiddiy raqobat taklif qilmoqda. Masalan, kofeshoplar bozorida mahalliy Luckin Coffee brendi arzonligi va boshqa ayrim ustunliklari bilan Sturbucks'ni ortda qoldirmoqda.
G‘arb kompaniyalari oldidagi yana bir chaqiriq – Xitoy brendlarining texnologiya sohasidagi ustunlikka yaqinlashib qolgani bo‘lmoqda. Huawei va BYD kabi mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zining ham texnologik jihatdan zamonaviy, ham arzon mahsulotlarini taklif etmoqda, bu esa xorij brendlarining raqobatlashishini qiyinlashtiryapti.
Ishlab chiqarishini Xitoyga ko‘chirgan xalqaro brendlar uchun siyosiy keskinlik ham yetarlicha boshog‘riq bo‘lyapti. AQSH tomonidan Xitoy kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar va Xitoyning javob choralari, masalan, Nvidia'ga nisbatan tekshiruvlar G‘arb kompaniyalariga bosimni oshirmoqda.
The Economist'ning xulosa qilishicha, raqobatning kuchayishi va iqtisodiy sharoitning yomonlashishi G‘arb kompaniyalari uchun Xitoydagi faoliyatini davom ettirishni borgani sari murakkab qilib qo‘yyapti. Bir paytlar imkoniyatlar mamlakati bo‘lgan Xitoy endi ko‘plab xalqaro brendlar uchun avvalgidek osonroq daromad topish o‘lkasi emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Aliment qarzi jamg‘arma hisobidan to‘lab berilаdi
O‘zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yakuniy uchlik e’lon qilindi
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri Ukraina va Rossiyaga sulh tuzishni taklif qildi