Foto: Getty Images
17 dekabr kuni tonggi soat 6:00 atrofida Moskva shahrining Nijgorod rayonidagi uy hovlisi oldida sodir bo‘lgan portlashda ikki kishi halok bo‘ldi. Portlash to‘lqini atrofdagi kvartiralarning derazalarini uchirib yuborgan.
RF tergov qo‘mitasi portlash oqibatida Rossiya qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov hamda uning yordamchisi Ilya P. halok bo‘lganini tasdiqladi.
Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Moskva prokuraturasi ishni nazoratiga olgan.
«Voqea joyida tergovchilar, sud-tibbiyot ekspertlari va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Hozirda sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda» – deyiladi qo‘mita xabarida.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash harbiylar uydan chiqayotganda sodir bo‘lgan. Katta ehtimol bilan, portlovchi qurilma uy yaqinida to‘xtab turgan skuterga o‘rnatilgan bo‘lgan.
Portlovchi qurilma 200 gramm trotil quvvatiga ega bo‘lgan, natijada uyning kirish eshigi va derazalari sinib ketgan, generalning xizmat mashinasi ham shikastlangan.
Ukraina nashrlari rossiyalik general urushda kimyoviy qurollarni qo‘llash haqida shaxsan topshiriq bergani va buning ortidan harbiy jinoyatlarda gumonlanayotganini yozmoqda.
Bugun Kirillov RF mudofaa vazirligi brifingida ishtirok etishi rejalashtirilgandi. U muntazam ravishda shunday brifinglar o‘tkazib keladi va AQSHning Ukrainadagi «harbiy-biologik faoliyati» haqida so‘zlab beradi. Xususan, 2022 yilda AQSHni Ukrainada chivinlar orqali tarqatiladigan viruslar tadqiq etiladigan biolaboratoriyalar yaratishda ayblagan. 2023 yilda esa AQSH raqib harbiy xizmatchilarini zaharlash uchun bunday chivinlarni dronlar orqali yetkazishni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi. U shuningdek, Rossiyada parranda grippi bilan kasallanish darajasi ortganini Ukrainadan zararlangan qushlar migratsiyasi bilan izohlagan.
Ma’lumot uchun, general-leytenant — Rossiya armiyasidagi eng yuqori ofitserlik unvoni sanaladi.
Seshanba kungi portlashga qadar front ortida halok bo‘lgan eng yuqori martabali rossiyalik harbiy Qora dengiz floti 41-raketa katerlari brigadasi qo‘mondoni, birinchi rangli kapitan (katta ofitser) Valeriy Trankovskiy bo‘lgandi. Sevastopolda uning mashinasi portlatib yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
2024 yilning eng yaxshi murabbiyi Timur Kapadze: "Bu natijalarga birgalikda erishdik"
Ai-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana oshdi
Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
Janubiy Koreya prezidentiga impichment e’lon qilindi
Mikel Arteta: Tez orada futbol o‘yinlari davomiyligi qisqarishi mumkin