Foto: AP Photo
AQSH prezidenti administratsiyasining Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy yordami 2025 yil oxirigacha qurol-yarog‘ va texnika bo‘lgan ehtiyojni qoplashni nazarda tutadi. Bu haqda AQSH davlat departamenti vakili Metyu Miller ma’lum qildi.
"Biz allaqachon taqdim etgan va administratsiya faoliyati yakunlangunga qadar yuboriladigan resurslar Ukrainani 2025 yil oxirigacha urush uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va materiallar bilan ta’minlaydi", dedi Miller.
U shu tariqa saylangan prezident Donald Tramp Oq uyga kelgach, Ukrainaning Rossiyaga qarshi kurashi qanday kechishiga izoh berdi. Miller Kongress tomonidan Ukrainaga tasdiqlangan harbiy yordam paketidan qancha summa qolganini ochiqlamadi. U bu masala bilan Pentagonning shug‘ullanayotgani aytdi.
AQSHning Kiyevga yordami ikki asosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi: Pentagon omborlaridan harbiy mol-mulkni jo‘natuvchi PDA tashabbusi va yangi uskunalarni sotib olishni nazarda tutuvchi USAI.
Hozirgi ma’muriyat Baydenning muddati tugagunga qadar — 2025 yil 20 yanvargacha — Ukrainaga kelishilgan barcha mablag‘larni ajratish niyatida ekanini bir necha bor e’lon qilgan. Mazkur summa taxminan 9 milliard dollarga yetadi.
AQSH harbiy yordamiga Rossiyaning pozitsiyasi
Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish muammoni hal etishga to‘sqinlik qilishi, NATO davlatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga jalb etishi va “olov bilan o‘ynashish” ekanini bildirgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol-yarog‘ tashiyotgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO nafaqat qurol yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa davlatlar hududida kadrlar tayyorlash orqali ham mojaroda bevosita ishtirok etmoqda. Kreml esa G‘arbning Ukrainani qurol bilan ta’minlashi salbiy oqibatlarga olib kelishini bildirgan. Rossiya tahdidli bayonotlariga qaramay, o‘zi ham Shimoliy Koreya harbiylarini urushga jalb qilmoqda, jang maydonida Eronning Shahed dronlaridan foydalanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Futbol afsonasi Ronaldo rasmiy bayonotida nimalar dedi?
Zelenskiy Qrim va Donbass haqida: «Bizda ularni qaytarish uchun kuch yo‘q»