14:00 / 19.12.2024
21

Janubiy Koreya prezidenti so‘roqqa kelmagani tufayli qamalishi mumkin

Janubiy Koreya prezidenti so‘roqqa kelmagani tufayli qamalishi mumkin
Foto: AP Photo
Impichment natijasida vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasiga isyon ishi bo‘yicha so‘roqqa kelmadi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

So‘roq Seuldagi boshqarma ofisida 18 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boshlanishi kerak bo‘lgan. Bungacha chaqiruv qog‘ozlarini prezident vakillari va pochta orqali yuborish natija bermagan. Davlat rahbari kotibiyatida va xavfsizlik xizmatida tegishli vakolatlar yo‘qligi sababli ular chaqiruv qog‘ozini qabul qilmagan.

Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi boshlig‘i O Don Un chaqiruv qog‘ozlari ataylab qabul qilinmagani, huquqni muhofaza qilish organlari qonuniy choralar ko‘rishini aytdi. Jumladan, hozirda prezidentni hibsga olish uchun order talab qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Ilgari Yun Sok Yol parallel tergov olib borayotgan prokuraturaning so‘rog‘iga kelmagandi. Idora 21 dekabrga mo‘ljallangan ikkinchi chaqiruv qog‘ozini rasmiylashtirgan.

Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni prezident Yun Sok Yolga 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etgani sababli impichment uchun ovoz berdi. Harbiy holat bekor qilingandan so‘ng prezident isyon ko‘tarishda ayblangan.

Yun Sok Yol lavozimidan chetlatilgan, ammo u Konstitutsiyaviy sud qarorini qabul qilgunga qadar prezident lavozimida qoladi. Davlat rahbariga Janubiy Koreyadan chiqish taqiqlangan. Shuningdek, mamlakatda birinchi xonimga nisbatan tergovga ruxsat berilgan.

Prezident rafiqasi tergov qilinadi

Janubiy Koreya milliy assambleyasi (parlamenti) prezident rafiqasi Kim Gon Xiga nisbatan qimmatli qog‘ozlarni manipulyatsiya qilish to‘g‘risidagi ishni tergov qilish uchun maxsus prokurorni tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga qarshi ayblovlar orasida Deutsche Motors va Sambu Toegan aksiyalari narxlarini sun’iy boshqarish, pora olish va Covana Content homiyligiga oid ishlar, “hashamatli sumkalarni qabul qilish” holati, saylovlarga aralashish, davlat sirlarini oshkor qilish hamda boshqa holatlar kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti so‘roqqa kelmagani tufayli qamalishi mumkin