16
Blinken: “AQSH Suriyada hokimiyat tepasiga kelganlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmoqchi”
Foto: “Gazeta.ru”
AQSH Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan Abu Muhammad al-Juloniy laqabi bilan tanilgan “Hayat Tahrir ash-Sham” (HTSH) qurolli guruhi va uning rahbari Ahmad al-Sharaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Bloomberg telekanaliga bergan intervyusida buni tasdiqladi.
"Biz barcha sanksiyalarni qaytadan ko‘rib chiqmoqdamiz. Nafaqat o‘zimiz joriy qilgan sanksiyalar, balki boshqa cheklovlarni ham. BMT HTSH va uning rahbariga nisbatan sanksiyalar kiritgandi. Menimcha, biz Damashqda inklyuziv dunyoviy hukumat qurish bo‘yicha aniq qadamlarni ko‘rishimiz kerak, bu esa oxir-oqibatda o‘tish davriga, keyin esa saylovlar tashkil qilishga olib keladi", dedi Amerika diplomatiyasi rahbari.
"Agar biz bu qadamlarni ko‘rsak, biz shunga mos ravishda qaror qabul qilamiz. Boshqalar ham shunday qilsa kerak. Biz shunchaki bayonotlarni emas, aniq harakatlarni ko‘rishimiz kerak", deya ta’kidladi AQSH Davlat kotibi.
Blinkenning ta’kidlashicha, Vashington “Hayat Tahrir ash-Sham” ISHID yoki boshqa terroristik guruhlar bilan ittifoq tuzmasligiga ishonch hosil qilmoqchi.
“Biz HTSH rahbari janob al-Julaniyning ijobiy bayonotlarini eshitdik. Biroq hamma diqqatini quruq gaplarga emas, sodir bo‘layotgan voqealarga qaratgan. HTSH vakillari nima gapirayotgani emas, nima qilayotgani muhim. Ular barcha Suriya fuqarolarini rozi qiladigan choralarni ishga solib, yangi hokimiyatga o‘tishni amalga oshirishi kerak", dedi Blinken.
Avvalroq NBC telekanali AQSHning yuqori martabali rasmiylariga tayanib, Vashington Bashar Asadni hokimiyatdan ag‘dargan “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhini xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan o‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
NBC ta’kidlaganidek, bunday qaror qabul qilish guruh rahbari haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofotni bekor qilishni anglatadi.
Al-Juloniy BBC'ga bergan intervyusida Suriya ikkinchi Afg‘onistonga aylanmasligini ta’kidlagandi.
Abu Muhammad al-Juloniy
Foto: CNN
Al-Juloniyga ko‘ra, Suriya urushdan charchagan, qo‘shnilari yoki G‘arb uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Shu sababli u HTSHni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga chaqirdi.
Bu ro‘yxatga guruhni BMT, AQSH, Yevropa ittifoqi, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa ko‘plab mamlakatlar kiritgan. HTSH o‘z faoliyatini 2016 yilda “Al-Qoida”dan (bu ham terroristik tashkilot sifatida tan olingan va taqiqlangan) ajralib chiqqan holda boshlagandi.
HTSH a’zolari tinch aholiga yoki fuqarolik hududlarga hujum qilmagan. Aslida ular o‘zlarini Asad rejimi jinoyatlarining qurbonlari deb hisoblaydi. Jabrlanganlarga esa tajovuzkorlar kabi munosabatda bo‘lish yaramaydi, dedi Al-Juloniy. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”