
U Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
O‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan 2020 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1998 yilda tug‘ilgan Erkinova Gulruxxon Akmaljon qizi Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.
«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.
Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda», deyiladi O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar