Foto: Getty Images
Pokiston harbiy sudi mamlakatning sobiq bosh vaziri Imron Xonning o‘tgan yili harbiy obyektlarga uyushtirilgan hujumlarga aloqador 25 nafar tarafdoriga hukm chiqardi, deb xabar beradi BBC.
Ma’lum qilinishicha, Xonning tarafdorlari ikki yildan 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etilgan, ular harbiy sud hukmi ustidan shikoyat kiritish huquqiga ega.
Shuningdek, 23 dekabr kuni antikorrupsiya sudi Xon ishi bo‘yicha o‘z qarorini chiqarishi kerak. Imron Xon Pokiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan vaqtida ko‘chmas mulk sohasidagi tadbirkorga 239 million dollarlik mablag‘ni yuvishga yordam berganlikda ayblanmoqda.
Bir yildan oshiqroq vaqtdan beri qamoqda saqlanayotgan sobiq bosh vazir barcha ayblovlarni rad etib, bularning barchasi siyosiy maqsadlarda amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
Noyabr oxirlarida Pokiston poytaxti Islomobodda minglab odamlar sobiq bosh vazir Imron Xonni qamoqdan ozod etish talabi bilan namoyishga chiqqandi (https://kun.uz/kr/news/2024/11/26/pokistonda-minglab-namoyishchilar-sobiq-bosh-vazir-imron-xonning-ozod-etilishini-talab-qilmoqda). O‘shanda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. Xavfsizlik kuchlari olomonni tarqatish uchun namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan.
Imron Xon 2018 yilda Pokiston bosh vaziri bo‘ldi va korrupsiyaga qarshi kurashishga va mamlakatni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishga va’da berdi. Keyin u mamlakatda sezilarli ta’sirga ega bo‘lgan harbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xon korrupsiyaga qarshi kurashni o‘z ichki siyosatining asosiy yo‘nalishi deb e’lon qildi.
2022 yil aprel oyida ishonchsizlik votumi oqibatida u hokimiyatdan chetlatildi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu unga bosh vazirlik kursisini egallashga yordam bergan generallarning qo‘llovini yo‘qotgani uchun sodir bo‘lgan.
2024 yil yanvar oyida Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib yana 10 yil qamoq jazosini oldi. Bir kun o‘tgach, sud uni va rafiqasi Bushra Xonni korrupsiyada ayblab yana 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi