Foto: Omar Sanadiki / AP Photo
Suriyada prezident Bashar Asadni ag‘dargan isyonchilar o‘tish hukumatidagi dastlabki tayinlovlar haqida xabar berdi. Suriya tashqi ishlar vaziri Esad Hasan Shayboniy va mudofaa vazirligini esa muhandis Marhaf Abu Kasra bo‘ldi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Shayboniy Damashq universitetining ingliz tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. OAV xabarlariga ko‘ra, uning siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistr darajasiga ham egai. 2011 yilda mamlakatda fuqarolar urushi boshlanganidan beri Shayboniy Suriya muxolifati faoliyatida faol ishtirok etgan.
Urush paytida Suriya hududining uchdan ikki qismi hukumat kuchlari nazorati ostida bo‘lgan, mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismi esa 2017 yildan buyon “Hayat Tahrir ash-Shom” (HTSH) nazoratida bo‘lgan. Bu “ma’muriyat”da Shayboniy siyosiy ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Anadolu nashrining yozishicha, u “xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT muassasalari va gumanitar tuzilmalar vakillari bilan hamkorlik qilish” uchun mas’ul bo‘lgan.
Suriyaning yangi mudofaa vaziri Abu Kasra Xama viloyatining Xalfaja shahrida tug‘ilgan. U HTSH ning eng mashhur yetakchilaridan biridir.
Suriyada Asad rejimi qulashi
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.
Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirdi, odamlar buyumlarni talon-toroj qildi. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlandi.
Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi.
10 dekabr kuni Idlib shahrida isyonchilarga rahbarlik qilgan Muhammad al-Bashir o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinladi. U fuqarolarga qarata qilgan murojaatida bu lavozimni kamida 2025 yil 1 martgacha egallab turishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”