Foto: 78.ru
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jasad Olga Berggols ko‘chasidagi 19-uyning yerto‘lasidagi sumkadan zo‘ravonlik alomatlari bilan topilgan. O‘ldirilgan shaxs 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. U noyabr oyi boshida Sankt-Peterburgga 24 yoshli tanishinikiga pul topish maqsadida kelgan.
Ta’kidlanishicha, 9 dekabr kuni kechqurun Sedov ko‘chasidagi 70-uyda joylashgan kvartirada yashayotgan yigit janjal paytida ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin uning jasadini katta sumkaga solgan. So‘ngra Olga Berggols ko‘chasidagi 19-uyning podvalida tuproq bilan ko‘mib, voqea joyidan qochgan. Ertasi kuni qotillik sodir etishda gumonlangan erkak vataniga qaytib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi