09:10 / 24.12.2024
21

Qaysi davlatlar Putin va Tramp uchrashuvini o‘z hududida o‘tkazishni taklif qildi?

Qaysi davlatlar Putin va Tramp uchrashuvini o‘z hududida o‘tkazishni taklif qildi?
Foto: Reuters
Bir qancha davlatlar Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning ehtimoliy uchrashuvini o‘z hududlarida o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Moskvadagi brifingda ma’lum qilgan.

Men shuni aytishim mumkinki, biz turli mamlakatlardan bu borada bir qancha takliflar oldik. Voqealar rivojini oldindan belgilab qo‘ymaslik uchun bular qaysi davlatlar ekanini aytib o‘tirmayman. Lekin bunday takliflar bo‘lgan va hozir ham bo‘lyapti”, dedi Ushakov.

Bir qator OAV vakillari Vengriya va Slovakiya rahbarlari Putin bilan so‘nggi muloqotlari chog‘ida o‘z mamlakatlarini Rossiya davlati rahbari va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv uchun taklif etishganini taxmin qilishmoqda.

Avvalroq Putin bir shart evaziga Tramp bilan tinchlik masalasini muhokama qilishga tayyorligi ma’lum qilingandi.

Reuters agentligining aniqlik kiritishicha, Putin har qanday sezilarli hududiy imtiyozlar ehtimolini istisno qiladi. Shuningdek, Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga hamda Ukraina hududida NATO qo‘shinlarining bo‘lishiga ham rozi bo‘lmaydi.

Reuters’ning besh nafar sobiq va amaldagi rossiyalik amaldorlarga tayanib xabar berishicha, Kreml front chizig‘idagi mojaroni muzlatishga rozi bo‘lish ehtimoli mavjud. Muzokaralar to‘rtta viloyatning, xususan, DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari yangi chegaralarini aniq belgilash bo‘yicha olib borilishi mumkin.

Nashr manbalari Rossiya Xarkov va Nikolayev viloyatlaridagi kichik hududlardan voz kechishi mumkinligini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi davlatlar Putin va Tramp uchrashuvini o‘z hududida o‘tkazishni taklif qildi?