Foto: “O Segredo” nashri
Tadqiqotchilar Braziliyadagi masako hindu qabilasi yashaydigan hududlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning mavjudligi ilgari qayd etilmagan va faqat olimlarning taxminlariga asoslangan edi. Bu haqda Braziliyaning “O Segredo” nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Braziliya g‘arbida masako xalqi mavjudligiga oid dalillarga qaramay, ularning mamlakat g‘arbidagi Rondoniya shtatida joylashgani to‘g‘risida hech qanday fakt bo‘lmagan. Nashr, shuningdek, Amazonka o‘rmonida ov qilayotgan hindular aks etgan kadrlarni ham e’lon qildi.
“Bu misli ko‘rilmagan suratlar bo‘lib, ular hech qachon hujjatlashtirilmagan amazon etnik guruhi mavjudligini tasdiqlaydi” deya ta’kidlagan “O Segredo” nashri.
Olingan fotosuratlar izolyatsiya qilinganiga qaramay “yo‘qolib ketmagan jamiyat” mavjudligini ko‘rsatadi.
Foto: Funai
Shu bilan birga, kashfiyotdan so‘ng, olimlarning keyingi tadqiqotlarga bo‘lgan yuqori qiziqishi tufayli hindularning odatiy yashash sharoitlari xavf ostida qolishi mumkin.
Atrof-muhit bo‘yicha tadqiqotchi Paulo Moutinyo: “Izolyatsiya qilingan mahalliy xalqlarning huquqlarini hurmat qilish tropik o‘rmonlarni saqlash uchun ham asosdir” dedi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin