Foto: Reuters
Nyu York politsiyasi Bruklindagi Koni Aylend Stiluell avenyu metro bekatida ayolni yoqib yuborgan erkakni qo‘lga oldi. Ayol olgan tan jarohatidan vafot etdi, deya BBC xabar berdi.
Politsiya komissari Jessika Tishning aniqlik kiritishicha, mazkur jinoyat 22 dekabr kuni soat 07:30 da, poyezd bekatga yaqinlashayotgan paytda sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda erkak o‘ziga notanish ayolga yaqinlashib, uning kiyimlarini o‘t oldirgich bilan yoqib yuborgan.
Politsiya ayolning hujum paytida uxlagan yoki uxlamaganini aniq bilmasa-da, uning harakatsiz bo‘lganligi ma’lum qilgan. Yondirishni amalga oshirgach, erkak poyezddan tushib ketgan, shundan so‘ng hodisa joyiga bekatdan politsiya xodimlari kelib, tutunni ko‘rgan.
“Poyezdda butunlay olovga o‘ralgan inson bor edi”, dedi Tish.
Komissar sodir etilgan jinoyatni “inson qilishi mumkin bo‘lgan eng razil jinoyatlardan biri” deb ta’riflagan.
“Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari bundan bexabar edi, biroq o‘sha paytda gumonlanuvchi hali hodisa joyida bo‘lgan. U platformadagi o‘rindiqda, aynan shu vagon ro‘parasida o‘tirgan edi”, deya tushuntirdi komissar.
Politsiya gumonlanuvchi haqidagi ma’lumot uchun 10 ming dollar miqdorida mukofot e’lon qildi.
Erkakni qo‘lga olishda politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, uni poyezdlarning birida ko‘rganlarini aytgan maktab o‘quvchilari yordam berdi.
Shundan so‘ng politsiya xodimlari gumonlanuvchini poyezdlarda qidira boshladi va uni Manxettendagi mashhur Empayar-Steyt-Bilding osmono‘par binosi yaqinida joylashgan “Gerold-skver” bekatida topishdi. CBS News xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi 2018 yilda Gvatemaladan AQSHga kelgan.
Unga hozircha ayblov qo‘yilmagan, tergovchilar erkakni so‘roq qilishni davom ettirmoqda va hujum sababini aniqlashga harakat qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi va jabrlanuvchi tanish bo‘lmagan. Voqea sodir bo‘lishidan oldin ular bir-birlari bilan suhbatlashmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin