Damashqda hokimiyat Bashar Asaddan Suriya qurolli muxolifatiga o‘tganidan so‘ng Turkiyadan Suriyaga 25 mingdan ortiq suriyalik qochqin qaytdi, dedi Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Erlikaya. Undan G‘arb OAVlari iqtibos keltirmoqda.
“Oxirgi 15 kun ichida Suriyaga qaytganlar soni 25 mingdan oshdi”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Damashq va Suriyaning boshqa shaharlarida Turkiyaning diplomatik vakolatxonalarida migratsiya bo‘limlari ochiladi, ular qochqinlarning o‘z vatanlariga keyingi qaytishiga yordam beradi.
2011 yilda Suriyada mojaro boshlanganidan beri millionlab suriyaliklar Turkiya chegarasini kesib o‘tdi va hozirda Turkiya hududida 3 millionga yaqin qochqin bor.
8 dekabr kuni Suriyadagi qurolli muxolifat Damashqni qo‘lga kiritgani va o‘tish davri hukumatini tuzayotganini e’lon qildi.
14 dekabr kuni Turkiya elchixonasi 2012 yildan beri uzoq tanaffusdan so‘ng Suriyadagi faoliyatini qayta tikladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi