20:06 / 25.12.2024
6

Hindistonlik ayol mushugini undan ko‘proq yaxshi ko‘rgan erini sudga berdi

Hindistonlik ayol mushugini undan ko‘proq yaxshi ko‘rgan erini sudga berdi
Hindistonning Bangalor shahrida yashaydigan ayol turmush o‘rtog‘ining unga yerarlicha e’tibor bermagani va ko‘proq mushuk bilan vaqt o‘tkazgani uchun erini sudga berdi. Uning fikricha, erkak ayolidan ko‘proq uy hayvonini yaxshi ko‘radi.

Foto: Hindustan Times
Erkakning mushuk bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishi oilaviy nizolarga sabab bo‘lgan, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan tashqari mushukning ayolga nisbatan xatti-harakati ham uning jahlini chiqargan. Ma’lum bo‘lishicha, uy hayvoni tez-tez ayolga hujum qilgan: qo‘llari bilan tirnab, go‘yoki rashk qilgandek tishlagan.

Natijada noiloj qolgan uy bekasi adolat izlab Hindistonning Karnataka tuman sudiga murojaat qilgan. U turmush o‘rtog‘ini oilaviy zo‘ravonlik va shafqatsizlikda ayblagan. Sudya esa bunday oilaviy mayda nizolar va ayolning ayblovlari qonuniy mezonlarga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, sud hay’ati bunday da’volar haqiqatda e’tiborga loyiq bo‘lgan muhimroq murojaatlardan chalg‘itishini ta’kidlagan. Oxir-oqibat ayol sudda yutqazgan.

Shunga o‘xshash holat 2023 yilda Kolumbiyada bo‘lgan. Ajralishga qaror qilgan er-xotin Simon laqabli iti ko‘rish imkoniyati uchun sudda kurashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik ayol mushugini undan ko‘proq yaxshi ko‘rgan erini sudga berdi