Foto: NATO.int
Finlyandiya, Latviya va Estoniya rahbarlari NATOning yevropalik a’zolari Rossiyaga AQSH ishtirokisiz qarshi turishga tayyor emasligini va Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda imkoniyatlari chegaralanganligini ma’lum qildi.
Avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp alyans ishidan noroziligini bildirgan va agar yevropalik hamkorlar xavfsizligi uchun ko‘proq moliyaviy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmasa, Qo‘shma Shtatlar tashkilotdan chiqib ketishi bilan tahdid qilgan edi.
“Alyansning uchta a’zo davlati yetakchilari NATO AQSHsiz Rossiyaga qarshi kurashishga tayyor emasligini aytdi. Ular, shuningdek, ittifoqchilarni mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirishga chaqirishdi”, deb yozadi Independent nashri.
Xususan, Finlyandiya prezidenti nashrga NATOni AQSHsiz tasavvur qila olmasligini ta’kidlagan.
Independent’ning aniqlik kiritishicha, Yevropaning, ayniqsa, AQSH ishtirokisiz “o‘zini himoya qila olmasligi” Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatmoqda.
“Hozirgi kundagi muammolardan biri ko‘plab davlatlar Ukrainaga qurol berishga tayyor emasligida hamda mudofaa sanoati ularni talab darajasida ishlab chiqara olmayotganligida. Biz Ukrainaga qo‘ldan kelgancha yordam beramiz, lekin bizning imkoniyatlarimiz chegaralangan”, deydi Latviya prezidenti.
NATO davlatlari 2023 yildagi Vilnyus sammitida yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini mudofaaga sarflashga kelishib olgan edi. Hozirda alyans ma’lumotlariga ko‘ra, NATOga a’zo 32 davlatdan 23 tasi o‘z yalpi ichki mahsulotining 2 foizini mudofaa ehtiyojlariga sarflaydi. G‘arb matbuotiga ko‘ra, Tramp tashkilotga a’zo davlatlardan mudofaa xarajatlarini YAIMning 3 foizigacha oshirishni talab qilmoqchi.
So‘nggi yillarda Rossiya mamlakatning g‘arbiy chegaralarida NATOning misli ko‘rilmagan faolligini qayd etgan. NATO tashabbuslarini kengaytirmoqda va buni “Rossiya agressiyasini to‘xtatuvchi” deb atagan.
Kreml Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini, biroq uning manfaatlari uchun potensial xavfli harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi