08:41 / 26.12.2024
23

Mozambikda 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchilar qamoqdan qochib ketdi

Mozambikda 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchilar qamoqdan qochib ketdi
Foto: “360mozambique.com”
Mozambikdagi qat’iy rejimli “Machava” qamoqxonasidan 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchi qochib ketdi. Bu haqda mahalliy SABC radiostansiyasi xabar berdi.

Mahbuslar qo‘riqchilarni qurolsizlantirishga va Machava tumanida joylashgan qamoqxonani tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qochib ketgan jinoyatchilar qamoqxona qo‘riqchilaridan tortib olgan qurollarga ega bo‘lishi mumkin.

Mamlakatdagi eng xavfli jinoyatchilar “Machava” qamoqxonasida saqlangan.

Mahbuslarning qochishi muxolifat yuzaga keltirgan norozilik namoyishlari va yirik tartibsizliklar fonida yuz berdi. Norozilik namoyishlari saylov komissiyasi 9 oktyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik va parlament saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilganidan so‘ng darhol boshlandi.

Saylov komissiyasiga ko‘ra, hukmron “Frelimo” partiyasi va uning davlat rahbari lavozimiga nomzodi Daniel Shapu saylovda g‘alaba qozongan. 23 dekabr kuni Mozambik Konstitutsiyaviy kengashi (KK) saylov komissiyasi ma’lumotlaridan unchalik farq qilmagan yakuniy ovoz berish natijalarini tasdiqladi va Shapuni Mozambikning yangi prezidenti deb e’lon qildi.

Prezidentlik saylovlarida ikkinchi bo‘lgan muxolifat yetakchisi Venansio Mondleyn, shuningdek, “Renamo” partiyasi yetakchisi Osufu Momadi Konstitutsiyaviy sud qarorini tan olishdan bosh tortdi.

Ular o‘z tarafdorlarini norozilik namoyishi o‘tkazishga chaqirdi. Kecha 24 dekabr kuni Mozambik hukumati Konstitutsiyaviy sud prezidentlik va parlament saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilganidan keyin 24 soat ichida tartibsizliklarda kamida 21 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ayni paytda muxolifat 23 dekabrdan beri 84 nafar namoyishchi halok bo‘lganini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mozambikda 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchilar qamoqdan qochib ketdi