Permda shifokorlar ish vaqtida mast holda bo‘lgani va saratonga chalingan bemorga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatmagani uchun ishdan haydaldi.
16 oktyabr, yakshanba kuni tunda tez yordam mashinasida Rossiyaning Perm shahri shifoxonalaridan biriga zudlik bilan bemorni keltiradi. Biroq to‘rt soatdan ortiq vaqt mobaynida bemorga xech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmadi. Hamshira bemorga osma ukol qo‘yishga urinib ko‘rgan, ammo buni eplolgan, deb xabar bermoqda “Qalampir.uz”.
Bemorning yaqinlari bildirgan fikrlarga ko‘ra, shifoxona xodimlari mast holda bo‘lgan va oyoqda zo‘rg‘a turgan. Bundan tashqari, shifokorlar bemor bilan muloqot qilishda odobsiz va kinoyali so‘zlar ishlatgan. Bu voqeani bemorning yaqinlaridan biri qo‘l telefonida tasvirga oldi.
Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borildi. Shifokorlar mehnat intizomini buzishda ayblanib, bayonnoma tuzildi va ishdan bo‘shatildi. Bemordan esa uzr so‘raldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi