17:08 / 26.12.2024
26

Putin, MDH rahbarlari, Qanday noz-ne’matlar, Mehmon qildi

Putin, MDH rahbarlari, Qanday noz-ne’matlar, Mehmon qildi
Arxiv foto: Sputnik
Rossiyaning Leningrad viloyatida 25 dekabr kuni MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ochib berdi.

Yopiq eshiklar ortidagi muloqotdan so‘ng davlat rahbarlari norasmiy nonushtaga o‘tishdi. Taomlar ro‘yxatini Belarus prezidentiga yaqin bo‘lgan “Pul Pervogo” Telegram kanali e’lon qildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga qisqichbaqa, qora ikra va avokado solingan tartaletkalar, yo‘lbars krevetkali salat va mango taklif etildi. Bundan tashqari, tanlov uchun o‘rdakli vareniklar, mol go‘shti va rayhonli bulyon, bug‘da pishirilgan osyotr balig‘i, qisqichbaqali golubes, smetana va kartoshka bilan tortiladigan tovuq go‘shti, mramor mol go‘shtidan medalonlar va kedr yong‘og‘i qo‘shilgan rizotto bor edi.

Davlat rahbarlari shirinlik sifatida quritilgan qulupnay va plombirli smetannikni tatib ko‘rishlari mumkin edi. MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi Sankt Peterburg yaqinidagi “Igora” kurort majmuasida bo‘lib o‘tdi.

An’anaga ko‘ra, uchrashuv har yili dekabr oyining oxirida Sankt Peterburgda o‘tkaziladi. Sammitda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etdi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirus yuqtirgani sababli sammitda qatnasha olmasligini aytdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev esa Oqtovdagi aviahalokat tufayli Rossiyaga tashrifini to‘xtatdi.

Putin MDH rahbarlarini qanday noz-ne’matlar bilan mehmon qildi?

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin, MDH rahbarlari, Qanday noz-ne’matlar, Mehmon qildi