AQSH prezidenti Jo Bayden «oq boshli burgut»ni mamlakat milliy qushi sifatida rasman tan olishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
AQSHning 240 yildan ortiq ramzi bo‘lib kelgan oq boshli burgut rasman mamlakat milliy qushiga aylandi, deb xabar bermoqda Axios axborot sayti. Tegishli hujjat Jo Bayden tomonidan imzolangan.
Oq boshli burgut belgisi dastlab 1782 yilda AQSHning rasmiy hujjatlarida qo‘llanila boshlangan. Oq boshli burgut tasvirini ko‘plab Amerika hujjatlarida, jumladan gerb, prezident standarti, banknotalar va boshqa hukumat atributlarida ko‘rish mumkin.
Ta’kidlanishicha, vakolat muddati yakunlanayotgan Bayden jami 50 ta qonun loyihasini imzolagan.
Shimoliy Amerikada yashovchi va qit’aning eng yirik yirtqich qushlaridan biri bo‘lgan oq boshli burgut, rasmiy hujjatlarda tilga olinganiga qaramay, hozirgacha mamlakatning milliy qushi deb e’lon qilinmagan.
Oq boshli burgut, AQSHning milliy qushi, Jo Bayden “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Putin MDH yetakchilari bilan uchrashuvda qanday fikrlar bildirdi?
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi