date
views 185

Ukraina harbiylari 2025 yilda Rossiya bilan sulh tuzilishiga umid qilmoqda

Ukraina harbiylari 2025 yilda Rossiya bilan sulh tuzilishiga umid qilmoqda
© © AP Photo / Ukrainian 24th Mechanised Brigade/Oleg Petrasiuk
Ukraina harbiylari 2025 yilda Rossiya bilan sulh tuzilishiga umid qilmoqda, chunki ular dam olishni xohlashmoqda, deb yozadi “Washington Post”.

2025 yilda oʻt ochishning ehtimoliy toʻxtatilishi haqida soʻralganda, askarlar <...> dam olishni mamnuniyat bilan qabul qilishlarini aytishdi”, - deyiladi materialda.

33-mexanizatsiyalashgan brigadadan ukrainalik harbiy Feliksning nashrga aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari askarlari allaqachon janglardan charchagan. Feliks 20 yanvar kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasidan soʻng oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar boshlanishiga umid qilayotganini aytdi.

Bunday davom etib boʻlmaydi. <...> Agar bizning amaldorlarimiz bunga chek qoʻya olmasa, ehtimol Tramp muvaffaqiyat qozonadi”, - deya ta'kidladi harbiy.

Tramp Ukraina mojarosi mavzusida bir necha bor gapirgan, siyosatchining saylovoldi kafolatlaridan biri mojaroni bir kunda hal qilish va'dasi edi. Rossiyada mojaroni bunday oddiy echim uchun juda murakkab muammo deb hisoblashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina harbiylari 2025 yilda Rossiya bilan sulh tuzilishiga umid qilmoqda