15:33 / 27.12.2024
0

Lukashenko va Pashinyan EOII yigʻilishida tortishib qoldi (video)

Лукашенко ва Пашинян EОИИ йиғилишида тортишиб қолди (видео)
Arxiv foto: Sputnik
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan Oliy Evrosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida tortishib qoldi.

Lukashenko keyingi yigʻilishni va Evrosiyo iqtisodiy forumini may oyi oxirida Minskda oʻtkazishni taklif qildi. Bunga javoban videoaloqa shaklida yigʻilishda qatnashayotgan Pashinyan qarshi emasligini aytdi. Biroq u yigʻilishda delegatsiyasi videokonferentsiya tarzida qatnashishidan ogohlantirdi.

"Sizda qanday muammo bor, Minskkacha uzoqmi yoki sizni olib boradigan odam yoʻqmi? Delegatsiyangizni etkazib berishni tashkil qilamiz-ku", deya e'tiroz bildirdi Lukashenko.

Pashinyan bu masala yuzasidan ommaviy bayonot berganini aytdi. U Armanistondagi amaldorlarning Belarusga tashrif buyurishi taqiqlanganini nazarda tutdi.

"Bu bayonot oʻz kuchida qolmoqda. Menimcha, bu masalalarni muhokama qilish uchun toʻgʻri joy emas", dedi u.

Pashinyan Belarus prezidenti taklifiga munosabat bildirganini, hech qanday tushunmovchilik boʻlishini istamasligini aytdi.

"Xoʻp, biz sizning bayonotingizni koʻrib chiqamiz", dedi Lukashenko.

Bunga javoban Pashinyan koʻrib chiqadigan hech narsa yoʻqligini va umuman olganda Belarus prezidenti uning bayonotini koʻrib chiqa olmasligini aytdi.

"Mening bayonotim koʻrib chiqilishi shart emas", deya ta'kidladi u.

Lukashenko Minskda “televizor boʻlmasligi” mumkinligini ta'kidladi. Bunga Pashinyan: “Hech qanday muammo yoʻq”, deya javob berdi.

"Tushunaman, sizda televizorlar bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Men buni tushunish bilan qabul qilaman", dedi Armaniston bosh vaziri.

Shu bilan tortishuv nihoyasiga etib, ishtirokchilar hujjatlarni imzolashga kirishdi.

Armanistondagi amaldorlar Belarusga borishi taqiqlangan

Nikol Pashinyan iyun oyida Belarusda Lukashenko hukmronlik qilar ekan, hech bir arman amaldori u erga bormasligini aytgandi. Bunga sabab sifatida u Belarus rahbarining Qorabogʻ haqidagi soʻzlarini keltirgan. May oyining oxirida Aleksandr Lukashenko Ozarbayjonga tashrifi chogʻida Bokuning Qorabogʻ uchun olib borayotgan urushini “ozodlik uchun” deb atagandi.

"Men sizning ozodlik urushingizdan oldingi suhbatimizni, tushlik paytida birga falsafiy suhbatlashganimizni esladim. Oʻshanda urushda gʻalaba qozonish mumkin, degan xulosaga kelgandik. Bu muhim, urushda gʻalaba qozonish mumkin", degan edi Lukashenko.

Shundan soʻng, may oyida Pashinyan Ozarbayjonning Qorabogʻdagi urushga tayyorgarligida KXShTga a'zo ikki davlat ishtirok etganini aytgandi.

"Bizning ittifoqchilarimiz 44 kunlik urushni tayyorlashda qatnashgan, men KXShTga a'zo boʻlgan kamida ikkita davlatni bilaman, ular bizga qarshi urush tayyorlashda qatnashgan", degan Pashinyan.

Armaniston bosh vaziri KXShT doirasidagi munosabatlarda, Belarus tashkilotdan chiqsa yoki Lukashenko armanlardan uzr soʻrasa, nazariy jihatdan oʻzgarishlar kuzatilishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko va Pashinyan EOII yigʻilishida tortishib qoldi (video)