Suriya yangi hukumatining xavfsizlik kuchlari general Muhammad Kanjo Hasanni qoʻlga tushirdi, deb xabar berdi BILD nashri.
Mahkumlar qiynoqqa solinib, ommaviy qatl etilishi bilan tanilgan mash'um Said Nayo qamoqxonasida koʻplab oʻlim hukmlari bevosita general Muhammad Kanjo Hasan tomonidan chiqarilgani aytilmoqda.
Foto: BILD
Muhammad Kanjo Hasanni qoʻlga tushirish amaliyoti davomida 17 kishi halok boʻlgan, shundan 3 nafari sobiq tuzum va 14 nafari yangi hukumat odamlari boʻlgan.
Prezident Bashar Asad davrida general Hasan Suriya mudofaa vazirligiga boʻysunuvchi harbiy sud tizimi direktori lavozimida ishlagan. Ta'kidlanishicha, xizmat mavqeidan foydalanib, mahkumlarning oila a'zolaridan pul undirib, katta boylik toʻplagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana qoʻshin joʻnatishga tayyorlanmoqda
100 nafar falastinlik vaqtincha Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Abbosbek Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?