21:59 / 27.12.2024
132

Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga yana 3 sohada ishlash taqiqlandi

Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga yana 3 sohada ishlash taqiqlandi
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga shifokor, oʻqituvchi va amaldor boʻlib ishlash taqiqlandi.

Patent boʻyicha ishlayotgan chet elliklarga nisbatan bu taqiq 2025 yilda kuchga kiradi, deb xabar berdi Saratov oblasti ma'muriyati. Avvaldan mavjud cheklovlar kengaytirilib, ta'lim va sogʻliqni saqlash, shuningdek, davlat idoralaridagi ishlarni ham qamrab oldi.

Noyabr oyida Saratov ma'muriyati 2025 yildan boshlab migrantlarga kurier boʻlib ishlashni taqiqladi. Bungacha ularga umumiy ovqatlanish, taksi va jamoat transportida ishlash taqiqlangan edi.

Bundan tashqari, bir necha yillar davomida Saratov oblastida migrantlarni tekshira oladigan tibbiyot muassasalari soni uch baravar 60 tadan 20 taga qisqardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo