date
views 137

Janubiy Koreyadagi halokat haqida ayanchli fakt e'lon qilindi

Janubiy Koreyadagi halokat haqida ayanchli fakt e'lon qilindi
Janubiy Koreyadagi aviahalokatda 179 nafar kishi halok boʻldi. Samolyotda jami 181 kishi boʻlgan va ikki kishigina tirik qoldi.

Bu haqda milliy yongʻin xavfsizligi xizmatiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi. Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, faqat ikki kishi qutqarilgan: bir yoʻlovchi va bir ekipaj a'zosi.

Agentlik ma'lumotlariga koʻra, hozir rasmiylar Bangkokdan uchayotgan Jeju Air samolyoti halokatining ikkita asosiy sababini koʻrib chiqmoqda: ob-havo sharoiti va qushlarning laynerga urilishi.

Havo kemasida asosan Janubiy Koreya fuqarolari va tailandliklar boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyadagi halokat haqida ayanchli fakt e'lon qilindi