Foto: Getty Images
Ozarboyjon hukumati Rossiyaga Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi bilan bogʻliq uchta talab qoʻygan, deb ma'lum qildi davlat rahbari Ilhom Aliyev mamlakat televideniyesiga bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, bu talablar 27 dekabr kuniyoq Rossiya tomoniga rasman etkazilgan.
«Ular nimadan iborat? Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarboyjondan uzr soʻrashi kerak. Ikkinchidan, oʻz aybiga iqror boʻlishi kerak. Uchinchidan, aybdorlar jazolanishi, jinoiy javobgarlikka tortilishi va Ozarboyjon davlatiga, jabrlangan yoʻlovchilar hamda ekipaj a'zolariga tovon puli toʻlanishi kerak. Bu bizning shartlarimiz. Bulardan birinchisi kecha bajarildi. Umid qilamanki, qolgan shartlarimiz ham qabul qilinadi», – degan prezident.
Aliyev qoʻyilgan barcha talablar adolatli ekanini qayd etgan. «Bu erda hech qanday favqulodda talab yoki masala yoʻq, bu xalqaro tajribaga va oddiy insoniy xatti-harakatlar tamoyiliga asoslangan», – deya qayd etgan u.
Ilhom Aliyev aviahalokatdan keyin AZAL aviakompaniyasiga Rossiyaning bir necha shaharlariga parvozlarni toʻxtatishni buyurganini aytdi.
«Ha, bu koʻrsatmani men berdim va buning asosiy sababi, albatta, xavfsizlik masalalari. Rossiyaning koʻplab shaharlarida havo hududi vaqti-vaqti bilan yopilgani sababli, u erda maxsus ish rejimi qoʻllanadi. Ular buni «dronga qarshi operatsiya» deb atashadi. Bir narsani aniqlashtirish kerak: oʻsha «dronga qarshi operatsiya» [samolyotimizga] qachon e'lon qilindi? Chunki bizda mavjud boʻlgan ma'lumotlarga koʻra, bu operatsiya samolyotimiz tashqi ta'sirga uchraganidan keyin e'lon qilingan. Demak, agar shunday boʻlsa, bu yana mahalliy xizmatlar muammoni yashirish uchun qilganini koʻrsatadi», – dedi Aliyev.
Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga reysni amalga oshirgan samolyoti 25 dekabr tongida Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida qulab tushdi. 38 kishi halok boʻlgan. Euronews va Reuters Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib bergan ma'lumotlarga koʻra, samolyot halokatiga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasi sabab boʻlgan. Reuters xabariga koʻra, Grozniy ustida «dronlar faolligi kuzatilayotgan» vaqtda samolyotga raketa otilgan. Raketa samolyot yaqinida portlab, uning qoplamasiga zarar etkazgan.
Rossiya hukumati buni tasdiqlamagan. Halokatdan ikki kun oʻtib Rosaviatsiya rahbari Dmitriy Yadrov samolyota Grozniy aeroportiga qoʻnish uchun kirayotganida shahar dronlar hujumiga uchraganini aytgan. U samolyot komandiriga qoʻnish uchun Rossiyadagi boshqa aeroportlar taklif qilingani, ammo u Oqtovdagi aeroport tomon uchishga qaror qilganini bildiran. Shu bilan birga, Euronews telekanalining Ozarboyjon hukumatidagi manbasi shikastlangan layner ekipaji avariyaviy qoʻnishni amalga oshirishni soʻragani, ammo unga Rossiya aeroportlaridan birortasiga qoʻnishga ruxsat berilmaganini xabar qilgan.
28 dekabr kuni RF prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi hamda «Rossiya havo kengligida roʻy bergan fojiali hodisa» uchun uzr soʻrab, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan.
Ilhom Aliyev Azerbaijan Airlines samolyoti Rossiya aybini tan olishi Aybdorlarni jazolashi Tovon toʻlashi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi