
Foto: AFP
Polsha 2025 yil yozigacha Belarus bilan chegarasiga devor qurib, uni butunlay yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Polshaning migratsiya masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari Matsey Dushchik ma'lum qildi.
Uning aytishicha, qurilish tugagandan soʻng, uzunligi 418 kilometrni tashkil etadigan Belarus bilan chegaraning xavfsizligi “deyarli yuz foizga etadi”. Polshaning avvalgi hukumati allaqachon Belarus bilan chegarada uzunligi 180 kilometr va balandligi 5,5 metr boʻlgan toʻsiq qurgandi.
2023 yil oxirida hokimiyatga kelgan yangi bosh vazir Donald Tusk davrida Polsha nafaqat devorni uzaytirmoqda, balki Belarus bilan chegarada tungi koʻrish kameralari va teplovizor oʻrnatmoqda. Chegara hududini nazorat qilish uchun yangi yoʻl ham qurilmoqda.
"Varshava kelgusi oylarda Rossiyaning Kaliningradiga borish uchun yangi yoʻl quradi. Bu Polsha qoʻshinlariga ehtimoliy xavfsizlikka tahdidlarda tezroq reaktsiya bildirish imkonini beradi", dedi Dushchik.
Dushchikning ta'kidlashicha, mamlakat chegarani himoya qilish uchun 587 million evro sarflamoqda, buning yarmini Tusk hukumati ajratgan. Polsha 2021 yilda Belarus bilan chegarada devor qurishni boshlagan, oʻshanda u orqali noqonuniy muhojirlar oqimi keskin koʻpaygandi. Varshavada amaldorlar Aleksandr Lukashenko rejimi ataylab migratsiya inqirozini uyushtirayotganini aytib, Belarusni “gibrid urush” olib borayotganlikda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar