Foto: “TASS”
Armanistonning sobiq mudofaa vaziri Arshak Karapetyan Moskvada qoʻlga olindi. Bu haqda ichki ishlar vazirligiga yaqin manbaga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Hududiy politsiya boʻlimidagi suhbatdosh ham ma'lumotni tasdiqlagan. Karapetyan 29 dekabr kuni Moskva markazida hibsga olingan. Sobiq amaldor 57 yoshda. U 2018 yildan 2021 yilgacha Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan maslahatchisi boʻlgan.
2021 yil aprel iyul oylarida Armaniston Bosh shtabi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Keyin ikki hafta davomida mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, 2 avgust kuni esa mudofaa vaziri etib tayinlangan. Karapetyan uch oydan keyin ishdan boʻshatilgan, 15 noyabr kuni Suren Papikyan vazir lavozimini egallagandi.
Arshak Karapetyan mamlakatida “Tadbirkorlik faoliyatida qonunga xilof ravishda ishtirok etish”, “Mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish” va “Hokimiyat vakolatlarini suiiste'mol qilish” kabi bir necha moddalar boʻyicha qidiruvga berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi
Dunyodagi eng qashshoq prezident saratondan davolanishga qarshi chiqdi
Ilon Mask Britaniya bosh vazirini lavozimidan qanday chetlatishni oʻrganmoqda
Salome Zurabishvili haliyam oʻzini Gurjiston prezidenti deb atamoqda
Tramp Ukrainaning NATOga qoʻshilish masalasini "yopiq" dedi