
Hozirda Ukraina mojarosi yoki uning birorta fazasini tugatish uchun hech qanday shartlar yoʻq, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga.
U tegishli savolga javob berar ekan, "Yoʻq", deb aytdi.
Bir kun avval RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya Ukraina atrofidagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha muzokaralarga tayyorligini ta'kidlagan edi. Shu bilan birga, ular inqirozning asosiy sabablarini bartaraf etishga qaratilgan boʻlishi va joylardagi real vaziyatni hisobga olishi kerakligini aytdi.
Bundan tashqari, Lavrov Rossiyaning mojaroni hal qilishdagi yondashuvlarini prezident Vladimir Putin belgilab berganini eslatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar