00:02 / 31.12.2024
52

Tadqiqot: 2024 yilda odamlar 2,5 oy vaqtini smartfonga sarflagan

Tadqiqot: 2024 yilda odamlar 2,5 oy vaqtini smartfonga sarflagan
Foto: Getty Images
AQShning Reviews.org tahlil kompaniyasi oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, inson yiliga 2,5 oyni faqat smartfonga sarflaydi. Barchamiz taxminan har 5 daqiqada telefonimizni qoʻlga olamiz, bu esa kuniga 140 martadan oshadi. Statistik ma'lumotlar koʻrsatishicha, 2024 yilda foydalanuvchilar oʻtgan yilga nisbatan 42,3 foiz koʻproq vaqtini ekran oldida oʻtkazmoqda.

Tadqiqotning asosiy xulosalari
  • 80,6 foiz odamlar uyqudan turgach, dastlabki 10 daqiqa davomida telefonlarini tekshirib koʻradi;
  • 65,7 foizi hojatxonada telefondan foydalanadi;
  • 53,7 foiz foydalanuvchilar bir xonada boʻlsa ham, sheriklari bilan shaxsan gaplashish oʻrniga ularga xabar yozadi;
  • 38,1 foizi uchrashuv paytida telefoniga qaraydi;
  • 27 foiz odam mashina haydayotganda telefoniga qarab qoʻyadi.

Z avlodi (zumerlar) — smartfonlarga eng qaram avlod. 13 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan yoshlar kuniga oʻrtacha 6 soat-u 18 daqiqalarini gadjetlar bilan oʻtkazmoqda.

Y avlod (milleniallar, 28 yoshdan 43 yoshgacha boʻlganlar) ham ortda qolmayapti — bu yosh guruhidagi odamlar kuniga 6 soat 2 daqiqa smartfonlaridan koʻz uzmaydi. Yoshi kattaroq foydalanuvchilar (X avlodi va bumerlar) telefonlariga biroz kamroq qaraydi, ammo baribir umumiy hisobda gadjetlarga koʻp vaqt sarflaydi — mos ravishda 4 soat 54 daqiqa va 3 soat 18 daqiqa.

Biroq tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, milleniallar oʻz qurilmalariga koʻproq bogʻlanib qolgan. Bu yosh guruhi vakillari bildirishnomalarni tez-tez tekshiradi va smartfonlarini koʻproq qoʻllariga oladi (kuniga 324 martagacha).

Milleniallarning 80 foizi oʻz telefonlarini yoʻqotgandan soʻng xavotirga tushishi, ularni boshqa avlodlardan alohida qilib koʻrsatadi. Bundan tashqari, ular tez-tez smartfonlarning soʻnggi modellarini xarid qiladi. Taqqoslash uchun, zumerlarning atigi 67 foizi telefonini yoʻqotishdan qoʻrqadi. Bumerlar esa bu masalada kamroq tashvishlanadi — soʻrovda qatnashganlarning 63 foizi shunday fikr bildirgan.

Mutaxassislarni tashvishga solayotgan narsa shuki, odamlar smartfonlardan haddan tashqari foydalanishni muammo deb hisoblamay qoʻyishgan. 2024 yilda odamlarning telefondan foydalanish vaqti 42,3 foizga oshganiga qaramay, buni qaramlik deb hisoblovchilar soni oʻtgan yilga nisbatan 24 foizga kamaygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo