
Illyustrativ foto
Bir quti sigaret insonning qariyb etti soat umrini oʻgʻirlaydi, deb yozmoqda The Guardian London universitet kollejiga asoslanib.
Tahillarga koʻra, agarda kuniga 10 dona sigaret chekuvchi kashanda 1 yanvar kuni chekishni tashlasa, u 8 yanvarga qadar bir kunlik umrini yoʻqolishdan asrab qoladi. Agarda u 5 fevralgacha chekmasa — bir hafta, 5 avgustgacha chekmasa — bir oy umrini asrab qoladi. Bir yil davomida chekmaslik umrni 50 kunga uzaytiradi.
Nashrga intervyu bergan doktor Sara Jeksonning aytishicha, tamaki chekish asosan hayotning oʻrta qismidagi sogʻlom qismini «eb tugatib», salomatlikka beqiyos zarar etkazadi.
«Bu shuni anglatadiki, 60 yoshli kashandaning salomatlik darajasi 70 yoshli chekmaydigan insonniki bilan baravar boʻladi», — deya ta'kidladi doktor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar