07:14 / 31.12.2024
261

Xitoy eng tezyurar tijorat poyezdini taqdim etdi (foto)

Xitoy eng tezyurar tijorat poyezdini taqdim etdi (foto)
Foto: CCTV
Xitoy soatiga 450 kilometr tezlikka erisha oladigan Fusing CR450 tezyurar poyezdi prototipini taqdim etdi. iXBT xabariga koʻra, poyezd China State Railway Group milliy temir yoʻl tarmogʻi operatori tomonidan Pekinda taqdim etilgan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda «oʻq» laqabini olgan poyezdni 2025 yildayoq ishga tushirishni rejalashtirmoqda. U 400 km/soat kreyser tezligida yoʻlovchi tashishni amalga oshiradi va kelajakda oʻzidan oldingi CR400 poyezdi oʻrnini egallashi kerak. Hozir u Xitoy temir yoʻllarida soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanadi.

Yangi avlod poyezdi uchun yangilangan temir yoʻl texnologiyalari asosida yangi infratuzilma yaratish rejalashtirilgan.

Hozir Xitoyda foydalanilayotgan tezyurar poyezdlar maksimal tezlikni soatiga 350 kilometrga etkaza oladi. CR450 harakatlana boshlasa, Pekin-Shanxay tezyurar poyezdining 4 soatlik qatnov vaqti 2,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.

2023 yil iyun oyida Fuszyan provintsiyasida oʻtkazilgan sinov paytida poyezd soatiga 453 kilometr tezlikka erishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo