12:51 / 01.01.2025
63

Kim Chen In Putinni «eng yaqin doʻst» deb atadi

Kim Chen In Putinni «eng yaqin doʻst» deb atadi
Foto: Yonhap/picture alliance
Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Vladimir Putinni yangi yil bilan tabriklab, uni «eng yaqin doʻsti» deb atadi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning KMTA axborot agentligi xabar berdi.

«Oʻrtoq Kim Chen In oʻzining eng yaqin doʻsti Putinni yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardosh rus xalqiga, jasur rus armiyasining barcha harbiy xizmatchilariga oʻz nomidan, Koreya xalqi va respublika qurolli kuchlarining barcha askar va ofitserlari nomidan samimiy tabrik yoʻlladi», — deyiladi xabarda.

Kim Putinga Ukrainaga qarshi urushda gʻalaba tiladi

KMTA ma'lumotlariga koʻra, Kim «2024 yilning strategik ahamiyati, yangi darajadagi doʻstona munosabatlar sifatida an'anaviy Koreya-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishga olib kelgan muhim yoʻlni» eslatdi. U Putinga 2025 yil «XXI asrda Rossiya armiyasi va xalqi neonatsistlarni engib, buyuk gʻalaba qozonadigan urushda gʻalaba yili boʻlishini» tilagan.

Kreml saytida Kim Chen In Putinni yangi yil bilan tabriklagan davlat va hukumat rahbarlaridan biri sifatida qayd etilgan. Ushbu tabrikning aniq matni yoʻq. Kremldan tabrik telegrammalarini olganlar orasida Germaniyaning sobiq kansleri Gerhard Shryoder ham bor.

NYT: KXDR qoʻshinlarini Rossiyaga yuborish gʻoyasi Pxenyandan chiqqan

Shimoliy Koreya qoʻshinlarini Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga yuborish gʻoyasi Moskvadan emas, Pxenyandan chiqqan, deb yozadi The New York Times (NYT) 23 dekabr kuni oʻz manbalariga tayanib. Uning soʻzlariga koʻra, bu tashabbus Moskva va Pxenyan oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan soʻng darhol paydo boʻlmagan. «AQSh razvedka idoralari bu Rossiyaning emas, Shimoliy Koreyaning gʻoyasi degan xulosaga keldi, garchi prezident Vladimir Putin buni tezda qabul qilgan boʻlsada», deb yozadi NYT.

Biroq, materialda ta'kidlanganidek, Shimoliy Koreya «yordam» evaziga «darhol hech narsa olmadi» va uning rahbari Kim Chen In hozirda Moskvadan kelajakda — texnologiya, diplomatik yordam koʻrinishida minnatdorchilikka umid qilmoqda. Bu Gʻarb bilan qarama-qarshilik va inqirozli vaziyatlarda RFning boshqa harakatlarini ham nazarda tutadi, deydi manbalar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo