Sharqning olijanob ayollari siymosida moʻtadil, gʻayrioddiy goʻzallik va juda aqlli malika yashiringan. Ba'zan ularning har biri xuddi ertakdagidek turli mamlakatlardan olib kelingan boʻladi. Kelib chiqishi oddiy oilalarga taqaluvchi arab shayxlarining sevimli rafiqalari qanday koʻrinishda?
Saudiya Arabistoni qirolichasi Fotima Kulsum Zoxar
Foto: Wday
Fotimaning taqdiri chindan ham haqiqiy jumboq boʻlib, u hech qanday nasl-nasabga ega boʻlmagan oddiy oilada dunyoga kelgan qizaloq edi. Fotimaning bor boyligi uning goʻzalligida ham boʻlishi mumkin. Aynan chiroyi tufayli Yaqin Sharqning hukmdorlaridan birining rafiqasiga aylanishga muvaffaq boʻldi.
Qirolning 31-rafiqasi bugun davlatning birinchi raqamli bekasiga aylangan. Fotima shov-shuvlarni yoqtirmaydi, iloji boricha jamiyatdan qochishga urinadi. Aytgancha, qirolicha sharqona uslubni afzal koʻradi. Rasmiy ziyofatlarda vaqti-vaqti bilan koʻrinish beradigan Fotima liboslarning nafisligi, nozik didi va goʻzalligi bilan barchani hayratga soladi.
Shayxa Xayya Bintu Xusseyn Al-Maktum
Foto: Wday
Fotimadan farqli oʻlaroq Xayya qirollik oilasining vakili, uning otasi Iordaniya hukmdori. U Dubay shayxining ikkinchi rafiqasi hisoblanadi va turmush oʻrtogʻi bilan bayramlarning birida uchrashgan. Darhaqiqat, Oksfordda ta'lim olgan bu ayol oʻz saroyining malikasiga aylangan.
Foto: Wday
Ikki farzandning onasi Xayya xayriya ishlarida faol qatnashadi. Shuningdek, xonim ochlikka qarshi kurashish fondini ham ochdi va barcha boʻsh vaqtini mana shunday xayriya ishlariga bagʻishlaydi. Xayya evropacha uslubda kiyinishni ma'qul koʻradi va ijtimoiy tadbirlarni birortasini ham oʻtkazib yubormaydi.
Qirolicha-polkovnik Raniya Al-Abdulla
Foto: Wday
Raniya uy bekasi boʻlsa-da, Iordaniya qiroli oʻz rafiqasini general deb biladi. 2004 yilda goʻzal xonim rasman polkovnik unvonini olishga muvaffaq boʻlgan. Iordaniya armiyasi esa bundan juda quvongan. Polkovnik-malikaning taqdiri ham an'ana va urf-odatlarni buzgan otashin va joʻshqin muhabbatga misol boʻla oladi.
Foto: Wday
U shifokorlar oilasida dunyoga kelgan va Iordaniya shahzodasi al-Abdulla bilan kutilmaganda tanishib qolgan, oradan 4 oy oʻtib ularning munosabati nikoh bilan mustahkamlangan. Raniya 4 farzandni dunyoga keltirganiga qaramay, zamonaviy ayollardan ortda qolmaydi. U sharqona koʻrinishga bir oz qarshi. Shuning uchun ham zamonaviy uslubdagi liboslarni kiyadi. Shuningdek, hamisha ayollar huquqlarini himoya qilib keladi.
Shayxa Moza Bintu Naser al-Misned
Foto: Wday
Sharq goʻzalligini donishmandlik bilan birlashtirgan ayol. U turmush oʻrtogʻi Qatar amiri Xamad bin Kalif al-Tani bilan uchinchi rafiqa sifatida 40 yil birga yashadi. Bu davrda unga davlat lavozimlari ishonib topshirildi. Shayxa mamlakatdagi ta'lim tizmi uchun mas'ul. Oilaviy munosabatlar boʻyicha Oliy Kengashning prezidenti etib saylangan va YuNESKOda ham faoliyat yuritadi.
Foto: Wday
Bundan tashqari u etti nafar farzand tarbiyasi bilan ham muntazam shugʻullanib boradi. Shayxa arablarning moda uslubini yoqtiradi, shuningdek, chiroyli qomati, nafisligi va yosh koʻrinishi bilan barcha ayollarning havasini keltiradi.
Malika Aisha al-Maktum
Foto: Wday
Belaruslik Natalya Aliyeva talaba, ofitsiant va nihoyat barcha qizlar kabi oq otdagi shahzodasining kelishini kutgan qiz edi. Afsonaviy, badavlat, kelishgan Dubay hukmdorining jiyani Said al-Maktum merganlik musobaqasida qatnashish uchun Minskka tashrif buyurgan va shu ondayoq Natalyaning oshigʻiga aylangan. Bir haftalik tanishuvdan soʻng belarus goʻzalini Dubaydagi saroyiga rafiqa sifatida olib ketgan.
Foto: Wday
Natalya islomni qabul qildi, uni endilikda Aisha al-Maktum deb chaqirishadi. Umuman olganda, qizning shahzoda haqidagi ertakmonand orzusi haqiqatga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh prokuratura departamenti xodimlarini chuv tushirgan "arizachi"...
Qozogʻistonda yuzlab avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi (video)
"Manchester Siti" oʻzbekistonlik himoyachini qoʻlga kiritadimi?
Xitoy hakerlari AQSh Moliya vazirligi boʻlinmalarini buzib kirdi
Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi
Ukraina Kursk oblastidagi qishloq va posyolkaga raketalar bilan hujum qildi
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Grenlandiya bosh vaziri Daniyadan mustaqil boʻlish istagi haqida gapirdi