Foto: Yonhap
Yaqinda Muan shahridagi samolyot halokatida janubiy koreyalik erkak 12 nafar oila a'zosi va yana 5 nafar doʻstidan ajraldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.
Gap Tailandda oilasi va doʻstlari bilan ta'tilda boʻlgan Janubiy Koreya fuqarosi haqida ketmoqda. Biroq, ish bilan bogʻliq holatlar tufayli, erkak Hindistonga ketishga majbur boʻlgan, uning oila a'zolari esa samolyotda uyiga qaytgan.
«Men katta oiladan omon qolgan yagona odamman», dedi u.
Xabar qilinishicha, erkak hodisadan xabar topgach, darhol safarini toʻxtatib, DNK testini topshirish va qarindoshlarini topishga yordam berish uchun Hindistondan Janubiy Koreyaga qaytgan.
«Men bobosining tugʻilgan kunini nishonlashini aytgan olti yoshli qizimning ovozini unutolmayapman», deb tan oldi u falokatda fojiali tarzda halok boʻlgan qizi haqida gapirib.
JeJu Airlines aviakompaniyasining samolyoti 29 dekabr kuni Muan aeroportida (Seuldan 300 kilometr uzoqlikda) halokatga uchradi. Samolyot bortida 175 yoʻlovchi va 6 ekipaj a'zosi boʻlgan. Halokat oqibatida 179 kishi qurbon boʻldi. Ikki kishi tirik qoldi. Yoʻlovchilarning aksariyati Janubiy Koreya fuqarolari edi.
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mok 29 dekabrdan 4 yanvargacha etti kunlik milliy motam e'lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”