Foto: Getty Images
Amerikalik milliarder Ilon Mask AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lagodagi (Florida shtati) qarorgohida tashkil etilgan Yangi yil gala-ziyofatida ishtirok etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, bayramda amerikalik senator Ted Kruz (Texas shtatidan respublikachi) va Trampning boshqa tarafdorlari ham qatnashgan.
Kirib kelgan 2025 yil “buyuk yil” boʻladi. Biz mamlakat sifatida hayratlanarli darajada muvaffaqiyatga erishamiz, deydi Tramp.
Yangi yilda oʻz oldiga qanday maqsadlar qoʻyishi haqidagi savolga javob berarkan, respublikachi “hamma baxtli, sogʻlom va farovon boʻlishini istashi”ni aytgan. Keyinroq Tramp sahnaga chiqib, yigʻilganlarga “prezident sifatida a'lo darajada ishlashga” va'da bergan. Uning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Avvalroq Bloomberg nashri AQShdagi prezidentlik saylovlarida Tramp gʻalaba qozonganidan keyin tadbirkorning mulki keskin oshgani haqida xabar bergan edi. Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra, SpaceX asoschisining kapitali 439,2 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bloomberg nashriga koʻra, Mask boyligi 400 milliard dollardan oshgan birinchi odam boʻldi.
Mask, shuningdek, Trampning boʻlajak hukumatida ham oʻrin egalladi. The New York Times federal hujjatlarga tayanib yozganidek, milliarder Tramp saylovda gʻalaba qozonishi uchun 250 million dollardan ortiq mablagʻ sarflagan.
Bloomberg’ning aniqlik kiritishicha, Tesla aktsiyalari oʻzini oʻzi boshqaradigan avtomobillar uchun qoidalarni soddalashtirish va kompaniya raqobatchilari uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish kutilayotgan bir vaqtda 65 foizga oshdi. Shuningdek, Maskning sun'iy intellekt sohasidagi xAI startapi narxi ikki baravar koʻproqqa baholanmoqda.
Uning qiymati prezidentlik saylovlari tugaganidan keyin 50 milliard dollarga etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti
Tramp ham xuddi Putindek qoʻshnilarning erlariga koʻz olaytirmoqda
Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da'volari boʻyicha qanday fikrda?