17
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari mamlakatda universal janglarni toʻxtatishga chaqirdi
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev mamlakatda universal janglarni toʻxtatishga chaqirdi va ularning yoshlarga, butun jamiyatga salbiy ta'siri haqida gapirdi.
Qamchibek Tashiyevning fikricha, universal janglar yoshlarda mushtlashuv, kuch ishlatish yoki doʻpposlash orqali hayotda muvaffaqiyatga erishish mumkin, degan notoʻgʻri tasavvur uygʻotadi.
«Universal jang sport emas, balki mushtlashuvning bir turi. Bunday musobaqalar yoshlarda muvaffaqiyatga kuch va tajovuz orqali erishish mumkin, degan notoʻgʻri ishonchni uygʻotadi. Ta'lim va ilmga tayanadigan avlodni tarbiyalashimiz kerak», dedi Tashiyev.
U bunday faoliyat turi nafaqat axloqiy me'yorlarga, balki sogʻliq uchun ham xavfli ekanini ta'kidladi. Uning soʻzlariga koʻra, universal janglarning koʻplab ishtirokchilari 40 yoshga borib nogiron boʻlib qoladi.
Qamchibek Tashiyev sportchilar va yoshlarni jismoniy rivojlanishga yordam beruvchi va davlat darajasida qoʻllab-quvvatlanadigan olimpiya sport turlariga oʻtishga chaqirdi.
U, shuningdek, boshqa mamlakatlarda jang san'atining mashhurligi uchun bahonalarni rad etib, Qirgʻiziston oʻz qadriyatlari va ustuvorliklariga e'tibor qaratishi kerakligini ta'kidladi.
«Bir-birini doʻpposlash va mayib qilish – Islom dini nuqtai nazaridan ham notoʻgʻri», dedi Tashiyev.
Shuningdek, Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Olimpiya qoʻmitasi, sport birlashmalari hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Sport ishlari boshqarmasiga mamlakatda universal janglarni cheklash boʻyicha qat'iy choralar koʻrishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ajoyib hiyla: “Barselona” katta ishni hal qildi
Donald Trampga hukm inauguratsiyadan 10 kun oldin chiqariladigan boʻldi
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Munajjimlar bashorati: 2025 yilda bizni nimalar kutmoqda?
Tadqiqot: kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin
"Nasaf" klubi legioneri "ajdarlar" bilan xayrlashdi...
Andrey Sibiga AQSh va Evropa mamlakatlarini nimadan ogohlantirdi?
Abduqodir Husanov yana diskvalifikatsiya qilindi...