20:52 / 02.01.2025
64

Buyuk Britaniya politsiyasi 52 yil oldin yoʻqolgan ayolni topdi

Buyuk Britaniya politsiyasi 52 yil oldin yoʻqolgan ayolni topdi
Foto: Gʻarbiy Midlend politsiyasi
Buyuk Britaniya politsiyasi Gʻarbiy Midlenddagi Koventri shahrida 52 yil oldin yoʻqolgan ayolni topdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

16 yoshli Sheyla Foks 1972 yilda sirli ravishda gʻoyib boʻlgan. Shundan soʻng, qizning ota-onasi politsiyaga murojaat qilgan. Ular qizi katta yoshli erkak bilan yashiringan boʻlishi mumkinligini aytgan. Tergov jarayonida turli farazlar oʻrganilgan, jumladan, Sheyla oʻz xohishi bilan tugʻilib oʻsgan shahrini tark etgan boʻlishi mumkinligi haqidagi taxmin ham koʻrib chiqilgan.

Illyustrativ foto: Facebook
Yaqinda politsiya uning suratini “Qidirilmoqda” yozuvi bilan qayta e'lon qilgan. Qidiruv ijobiy natija bergan: huquq-tartibot idoralari 68 yoshli Foksning qayerdaligi haqida ma'lumot olgan.

Yoʻqolgan ayol shu vaqt mobaynida mamlakatning boshqa hududida istiqomat qilgan. Hozirda u xavfsiz joyda va oʻzini yaxshi his qilmoqda. Qizlik payti nega uydan qochgani va ota-onasi bilan aloqani uzgani haqida ma'lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo