Kollaj: NDTV
Amerikalik milliarder Ilon Mask Meksika bilan chegarada devor qurilishi uchun materiallar sotgani sababli prezident Jo Bayden ma'muriyatini davlatga xiyonatda aybladi.
Milliarder bu haqda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida yozdi. “Bu yuz foiz davlatga xiyonat”, dedi Ilon Mask. U bu fikrini tarmoq foydalanuvchilaridan birining Bayden ma'muriyati devor uchun materiallarni sotib, chegaradagi toʻsiqlarni buzib, migrantlar uchun ataylab yoʻl ochgani haqidagi postiga javoban yozdi.
Oktyabr oyida Bayden Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni qoʻllab-quvvatlagan va uning saylovoldi kampaniyasiga katta mablagʻ sarflagan Ilon Maskning 1990 yillarda AQShda qonuniy maqomga ega boʻlmagan holda oʻz boyligini orttirganini aytgandi.
AQSh prezidentiga koʻra, Maskning uni keyinchalik millionerga aylantirgan startapni yaratish uchun huquqiy asosi boʻlmagan. Bunga javoban Mask oʻzining birinchi startapiga asos solgan paytda AQShda ishlash ruxsatnomasiga ega boʻlganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
Ispaniya 2025 yil aprel oyidan «oltin vizalar»ni bekor qiladi
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Qishda terini qanday parvarish qilish kerak?
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Oilaviy tinchlikning siri nimada?
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi