17:17 / 03.01.2025
78

2025 yil uchun prognozlar e'lon qilindi. Bizni nimalar kutmoqda?

2025 yil uchun prognozlar e'lon qilindi. Bizni nimalar kutmoqda?
Foto: Financial Times
Financial Times gazeta 2025 yil uchun oʻz prognozlarini e'lon qildi. Quyida mazkur prognozlar bilan tanishing:
  • Ukraina va Rossiya oʻrtasida tinchlik sulhi tuziladi. Ukraina NATOga qoʻshilish masalasi hal etilmay qoladi.
  • Tramp yangi tarif urushini boshlaydi. AQShga import qilinadigan mahsulotlarga kamida 10% boj undiriladi.
  • Bitkoin qiymati $200 mingga etadi.
  • AQShda foiz stavkalari oʻzgarishsiz qoladi yoki yil oxirigacha koʻtariladi.
  • Emmanuel Makron Frantsiya prezidentligini saqlab qoladi.
  • Texnonahanglar inqirozga uchramaydi. Alphabet, Amazon, Apple, Microsoft, Nvidia va Tesla oʻz barqarorligini saqlaydi.
  • Xitoy eksporti arzonlashishda davom etadi.
  • Ilon Mask va Donald Tramp munosabatlari oʻzgarmaydi.
  • Germaniya davlat qarzlari cheklovlarini yumshatadi.
  • Obligatsiyalar bozori inqirozga uchramaydi.
  • Eronning yadroviy ob'ektlariga Isroil va AQSh zarba bermaydi.
  • Jahon elektromobillari savdosi 25% dan oshmaydi.
  • Argentina prezidenti Xaver Miley valyuta nazoratini bekor qiladi.
  • Sudandagi urush davom etadi.
  • Sun'iy intellekt kundalik turmushda keng qoʻllanila boshlaydi. Yangidan-yaangi AI agentlar paydo boʻladi.
  • Kompakt-disklar vinil plastinkalarning “oʻrinbosari” sifatida qayta tirilmaydi.

Qayd etilishicha, Financial Timesning 2024 yil uchun taqdim etgan 22 prognozidan faqat uchtasi notoʻgʻri chiqqan.

Bu prognozlar 2025 yilda yuz berishi mumkin boʻlgan voqealarga qiziquvchi oʻquvchilar uchun muhim axborot manbai boʻlib xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo