date
views 405

Qozogʻistonda yuzlab avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi (video)

Qozogʻistonda yuzlab avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi (video)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qozogʻistondagi Ostona-Shuchinsk magistral yoʻlining Koʻgʻom va Qoratol qishloqlari orasidagi qismida yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

Qayd qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti (sovuq va kuchli shamol) tufayli yoʻl ertalab soat 7:20 da yopilgan. Tushga yaqin yoʻlda qolib ketgan haydovchilarga yordam berish uchun politsiya va maxsus texnika etib kelgan.

Shundan soʻng, mashinalar karvoni Shuchinsk tomon harakatlangan. Harakatlanish jarayonida mashinalardan biri tezlikni me'yoridan oshirgan, oqibatda, yuzlab avtomobillar toʻqnashgan.

Qayd qilinishicha, Temirtov yaqinidagi Qaragʻanda shossesida 800 ga yaqin avtomobil toʻplanib qolgan.


Politsiya haydovchilarni noqulay ob-havo sharoitida shahar tashqarisiga chiqmaslikka chaqirmoqda.

Hozircha, qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda yuzlab avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi (video)